Zarafshon shahar "Barkamol avlod" bolalar markazi

Перейти к содержимому

Главное меню

   Zarafshon shahar  “Barkamol avlod” bolalar markazi pedagok xodimlari tomonidan Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi  voyaga etmaganlar ishlari boyicha respublika idoralararo komissiyasi sayyor majlisi 2017 yil  26 iyuldagi 2-sonli bayonida belgilangan vazifalar ijrosi hamda viloyat “Barkamol avlod” bolalar markazining 2017 yil 1 yanvardagi №-1 sonli buyrugi ijrosini taminlash maqsadida shahardagi barcha maktablarda fevral oyi davomida  reja asosida targibot ishlari olib borildi. Unda togarak rahbarlari tomonidan mahorat mashgulotlari otkazildi.
    Bundan tashqari  ajdodlarimiz ijodini organish boyicha “Ajdodlarga munosib izdosh bolaylik” dekadasi otkazildi.Unda togarak o'quvchilari ishtirokida g'azalxonlik, ruboiyxonlik kechalari, davra suhbatlari,  shahar muzeyiga sayohatlaruyushtirildi.
     Markazda buyuk ozbek shoiri Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligi munosabati, hamda Ozbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 535 yilligiga bagishlabbadiiy kecha tadbirlar  otkazildi.




14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni    

     Zarafshon shahar “Barkamol avlod”  bolalar markazida “Voyaga  etmaganlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatchilikning oldini olish , ularni giyohvandlik , axloqsizlik va boshqa zararli illatlardan himoya qilish” borasida 2018 yilning yanvar oyida 14-yanvar vatan himoyachilar kuni munosabati bilan  Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 26-yilligi munosabati bilan “Vatan himoyasi-muqaddas va sharafli burch!” mavzusida “Yosh dasturchi”  togaragi rahbari M.Muxammadieva, M.Raxmonova, “Kompyuter saboqlari” togaragi rahbari F.Narzullaevalar tomonidan korik-tanlov tashkillashtirildi.
     Tanlovni otkazishdan maqsad oquvchilarda vatanparvarlik, burchga sadoqat, hushyorlik va ogohlik tuygularini mustahkamlash, Qurolli Kuchlar mamlakatimiz sarhadlari xavsizligining ishonchili garovi ekanligini keng targib qilish, kelgusida barkamol bolib voyaga etishlarini taminlashdan iboratdir. Tadbirga “Yulduz” mahallasi maslahatchisi Nazarova Shohida, markaz togarak oquvchilarining ota-onalari tashrif buyurishdi. Tadbirda “Texnik ijodkorlik” yonalishi uslubchisi M.Raxmonova, “Badiiy gimnastika” togaragi oquvchisi A.Yangiboeva, “Yosh tabiatshunos”  togaragi oquvchisi Z.Haydarovalar hakamlik qilishdi.Tanlov shartlari 1-guruh nomlarini yoritib berish;2-tezkor savol-javoblar;3-sport mashqi (anjumani) va 4-erkin mavzu.Ikkala guruh ishtirokchilari ham 4 ta shart asosida ozaro bellashdilar.Tadbirda faol ishtirok etgan jamoa va togarak oquvchilaridan Zayniddinov Sardorga, Fozilov Jamshidlarga “Yulduz” mahallasi maslahatchisi Sh.Nazarova tomonidan  markazning faxriy yorliqlari topshirilib, bayram bilan qutlanib, bayram tadbiri borasidagi fikr-mulohazalar bildirildi.


    Zarafshon shahar “Barkamol avlod ” bolalar  markazida “1-dekabr-Umumjahon OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan noyabr oyi OITSga qarshi kurashish oyligi deb elon qilindi va “Kuchlarni birlashtiramiz, OITSni toxtatamiz!” shiori ostida reja asosida qator tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.Jumladan  togarak oquvchilari ortasida otkazilgan insholar tanlovida  “Yosh jurnalist va notiq ” togaragi oquvchisi Islomova Irodaning yozgan inshosi eng mazmunli deb topildi va markaz tomonidan taqdirlandi.Bundan tashqari ushbu mavzu asosida rasmlar tanlovi, soha vakillari bilan  uchrashuvlar va davra suhbatlari tashkillashtirilib kelinmoqda.

Zarafshon sh. 12 kichik tuman "Navroz" mahallasi. Barkamol avlod bolalar markazi. Telefon: 572-19-52
Назад к содержимому | Назад к главному меню